“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma`lumotiga ko`ra, 2017 yilning 4 may kuni soat 16:10 da respublikamizning ayrim hududlarida takroriy (aftershok) zilzila qayd etildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligidan berilgan xabarga ko`ra, zilzilaning epimarkazi Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo`nalishida 260 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to`g`ri keladi. Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=5,2 ni tashkil etdi.
Respublika hududida seysmik faollik Farg`ona, Andijon, Namangan va Toshkentda 2 ballga yaqin bo`ldi.
Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmadi.






