O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Abdumavlonovich Azizov Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
U tashrif jarayonida kator tumanlarda bulib, hududlarni kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish aholini ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini oshirish, qishloq xo`jaligida islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan ishlab chiqilgan yo`l xaritasi kesimida ish olib borayotgan 4 sektor mas`ul ishchi guruh xodimdari ish faoliyati bilan yaqindan to`g`ridan-to`g`ri muloqot qilish bilan atroflicha tanqidiy hamda chuqur munosobatini bildirdi.
Bugungi kunda prezidetimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning ijrosi amalga oshirilayotganligi, bu qaror va farmonlarning negizida xalqimizning ertangi farovon hayoti, yosharimiz kelajagi ,tinch osuda jamiyat xamda dunyoda eng rivojlangan mamlakatlar qatorida bo`lishimiz uchun buyuk maqsadlar yotganligi yuzasidan xalq bilan uchrashular jarayonida yana bir karra to`xtalib o`tildi.

Tashrif kun tartibida yo`l xaritasi negizida joylarda xuquqbuzarlikni oldini olish profilaktikasi, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izida fosh etish shu bilan bir qatorda Profilaktika inspektorlariga yaratilgan shart sharoitlarni ham ko`zdan kechirildi.

Profilaktika inspektoriga uy joy xamda tayanch maskani o`z xizmat olib borayotgan hududda Prezidentimiz farmon va qarorlarida ko`rsatilgan muddatlarda tez va sifatli qilib qurilishi, ta`mirlanishi yuzasidan tuman xokimlarini masuliyati yuzasidan aniq ko`rsatma topshiriqlar berildi.

O`rganish jarayonida Vazir Kegeyli, Xo`jayli, Qanliko`l, Qo`ng`irot Sho`monoy, Nukus shaxar hududlaridagi profilaktika inspektori uchun ajratilgan xonadonlariga tashrif buyurib xodimlarni oila a`zolari bilan uchrashdi.

Vazirning joylarda bo`lishida Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirlar Maxkamasi Raisi K.Sariev. Qoraqalpog`iston Respublikasi Prakurori E.Tajiev hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik X.Temirxanovlar xamrohlik qilishdi.






