“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi respublikaning turistik salohiyatini oshirish maqsadida Toshkent-Parij-Urganch-Toshkent” va Toshkent-Milan-Urganch-Toshkent” muntazam qatnovlarini bajaradi.
Har hafta 400 ga yaqin sayyohlar Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, uning tarixiy me`moriy yodgorliklari, xalqimizning an`analari va urf-odatlari bilan tanishadilar, jahonga mashxur milliy taomlarimizdan bahramand bo`ladilar. Xorijiy mehmonlar uchun axboroy ofislari va valyuta almashtirish shoxobchalari tashkil qilingan.
Ta`kidlab o`tamiz, ushbu dastur O`zbekiston shaharlariga tashrif buyurish uchun turistlarning talabi oshgan mavsumda, xorijiy sayyohlar uchun maksimal qulaylik yaratish maqsadida bajariladi.