AsosiyJamiyat

​IIV o`tgan haftada piyodalar o`limi bilan yakunlangan YTHlar yuzasidan axborot berdi

'​IIV o`tgan haftada piyodalar o`limi bilan yakunlangan YTHlar yuzasidan axborot berdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o`tgan haftada sodir bo`lgan oqibati o`lim bilan yakunlangan YTHlar haqida ma`lumot berdi.

Tun. Katta tezlikda harakatlanayotgan «Neksiya» nimagadir zarb bilan urildi. Haydovchi bir amallab mashinani to`xtatdi-yu, tezda motorni o`chirdi. Biroz fursat o`tib, mashinadan tushdi, atrofga alangladi. So`ngra avtomobilning old qismini ko`zdan kechirdi. Pachoqlangan joylar, bilinar-bilinmas qon izlarini ko`rgach, odam urib yuborganini angladi. Angladi-yu, yurak urishi tezlashdi, peshonasini ter bosdi. Jabrdiyda piyodaga yordam berish o`rniga, mashinaga o`tirdi va ko`zdan g`oyib bo`ldi.

Bu – o`tgan hafta davomida ichki ishlar organlari yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan aniqlangan transport vositalari bilan bog`liq jinoyatlardan bir lavha. Afsuski, ularning aksariyatida piyodalarni urib yuborgan haydovchilar voqea joyidan qochib ketishgan. Natijada o`nlab fuqarolarga og`ir tan jarohatlari etkazilgan. Eng yomoni, uchta holatda piyodalar dunyodan ko`z yumgan.

Joriy yilning 17 aprel kuni soat tungi 03:00larda Toshkent viloyati Piskent tumani hududida noma`lum haydovchi, transport vositasida piyoda A. D.ni urib yuboradi hamda voqea joyidan yashirinadi. Buning natijasida piyoda voqea joyida hayot bilan vidolashadi. Mazkur holat yuzasidan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari olib borildi. Ko`p o`tmay ushbu yo`l-transport hodisasini viloyatning Qibray tumanida yashovchi fuqaro S. A. o`z boshqaruvida bo`lgan «Matiz» rusumli avtomashinada sodir etgani aniqlandi.

22 aprel kuni Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumani hududida ham yuqoridagi kabi yo`l-transport hodisasi qayd etildi. Shu tumanda yashagan, 1981 yilda tug`ilgan U. M.ni yo`lda transport vositasi urib yuboradi. Haydovchi voqea joyi dan qochib qoladi, piyoda esa og`ir tan jarohatlari olgani sababli shu erda dunyodan ko`z yumadi. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini shu tumanda yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan X. B. ishonch qog`ozisiz boshqaruvida bo`lgan, otasiga tegishli «Neksiya» rusumli avtomobilda sodir etgani ma`lum bo`ldi.

Boshqa yangiliklar