AsosiyJamiyat

​Toshkentda paxta yog`ini dog`layotgan ayol qo`shni uyning bir qismini yoqib yubordi

'​Toshkentda paxta yog`ini dog`layotgan ayol qo`shni uyning bir qismini yoqib yubordi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi o`tgan haftada sodir bo`lgan yong`inlar yuzasidan axborot berdi.

Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro M.Melievning uyida paxta yog`ini qozonda dog`lash uchun gaz plitasiga qo`yib, nazoratsiz qoldirishi natijasida yong`in sodir bo`lgan. Yong`indan uyning 45 kv. metr maydonda tomi, shift qismi hamda qo`shnisining uyini 15 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi fuqaro N.Xusanovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 110 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda qo`shnisining uyini 80 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Farg`ona viloyati Rishton tumanida yashovchi fuqaro Sh.Maxkamovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 100 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Xorazm viloyati Xiva tumanida yashovchi fuqaro A.Rixsievning molxonasida ochiq olovdan foydalanishda extiyotsizlik oqibatida yong`in sodir bo`lib, molxonaning 35 kv. metr maydonda tom qismi va tomiga g`amlab qo`yilgan xashagi yonib zararlangan.

Boshqa yangiliklar