1

​Farg`onada yollanma ishchi tilla taqinchoqlar va pullarni o`g`irlab ketdi

Jamiyat 10.05.2017, 10:30
Teglar: Jinoyat
​Farg`onada yollanma ishchi tilla taqinchoqlar va pullarni  o`g`irlab ketdi

Bog`dod tumani IIBga 2017 yil 25 aprel kuni, Bog`dod shaharchasi Kumushtola ko`chasi 81-uyda yashovchi, tumandagi Qishloq xo`jalik kasb hunar kolleji direktori o`rinbosari, 1981-yilda tug`ilgan Sidiqov Doniyorjon Zokirjonovich ariza bilan murojaat qilib, 2017 yil 24 aprel kuni soat 11:30 larda, yashash uyida hech kim yo`qligidan foydalangan noma`lum shaxslar, xonadoniga devor oshish yo`li bilan kirib, dam olish xonasi eshigini buzish yo`li bilan ochib, u erdagi temir seyfni bolta bilan buzib ochib, ichidan 30 gr og`irlikdagi narxi 5 100 000 so`mlik tros, 1 dona 10 gr.li “Kali” nomli narxi 1 700 000 so`mlik tros, 1 dona 2 gr.li narxi 340 000 so`mlik nikoh uzugi, 1 dona 1,5 gr.li narxi 255 000 so`mlik nikoh uzugi, 1 dona 1 gr.li narxi 170 000 so`mlik «Svorovskiy» nomli sirg`a, jami narxi 7.565.000 so`mlik tilla taqinchoqlari, 425.000 so`m puli va 500 AQSh dollarini o`g`irlab ketishganligini ma`lum qilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

IIB TB tomonidan 2017 yil 25 aprel kuni noma`lum shaxslarga nisbatan O`z.R. JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

2017 yil 27 aprel kuni IIB xodimlari tomonidan o`tkazilayotgan tadbir davomida, ushbu jinoyatni Oltiariq tumani Porloq ko`chasi 96-uyda yashovchi yollanma ishchi, 1987-y.t. Sh.R sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan. Tergovni IIB olib bormoqda.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Yilning 6 oyida har 100 ming aholiga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan

10.08.2021, 16:44

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan  matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1