AsosiyDunyo
3607

​AQSh vise-prezidenti Oq uyga quyoni bilan tashrif buyurdi

'​AQSh vise-prezidenti Oq uyga quyoni bilan tashrif buyurdi'ning rasmi

AQSh vise-prezidenti Maykl Pens Oq uydagi uchrashuvga Marlon Bando laqabli quyoni bilan tashrif buyurdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Siyosatchi Oq uyda harbiy xizmatchilarning oilasi bilan o`tkazilgan uchrashuvga, rafiqasi Karen va quyoni bilan birga tashrif buyurdi.

Quyonning Instagram ijtimoiy tarmog`ida shaxsiy akkaunti bor. U erga Marlon Bandoning Penslar xonadonidagi hayoti aks etgan fotosuratlari va videoroliklar joylashtirilgan.

“Marlon juda mashhur yigitchadir, chunki u ikkinchi raqamli Bortda sayohat qilgan ilk quyondir”, dedi AQSh vise-prezidenti. Pens qizi maktabda suratga olgan filmda bosh rolni ijro etgan quyon ularning oila a`zosiga aylanganini gapirib berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar