Qozog`istonning Kentau shahrida yashovchi yigit shahar xiyobonlaridan birida 9 may, G`alaba bayrami tadbiriga bobosini elkasida opichlab olib bordi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Yigitning bobosi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo`lgan. U bayram tadbirlari o`tkazilayotgan joyga ko`ksi medallarga to`la bobosini elkasida opichlab olib bordi. Mazkur voqea aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.
Kentau shahri Janubiy Qozog`iston viloyatida, Turkiston shahridan 30 kilometr uzoqlikda, shaharning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan.