O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mun Chje Inni Koreya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
«25 yillik diplomatik munosabatlar davomida O`zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o`rtasida chinakam do`stona aloqalar, mustahkam strategik hamkorlik munosabatlari, ikki tomon kun tartibining barcha masalalari yuzasidan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv muloqot o`rnatildi», - deb e`tirof etilgan maktubda
Qayd etilganidek, tomonlar etakchi Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirokidagi avtomobilsozlik, mashinasozlik, elektroenergetika, neftegaz, elektrotexnika, to`qimachilik sanoatlarida, informasion texnologiyalar, telekommunikasiyalar va boshqa sohalarda investision hamkorlikning ulkan ijobiy natijalarini qo`lga kiritishdi.
Davlatimiz rahbari ta`kidlaganidek, «O`zbekiston o`z tashqi siyosatida uzviylik va bosqichma-bosqichlikni saqlab qolgan holda kelajakda ham Koreya Respublikasi bilan do`stlik va konstruktiv hamkorlikni mustahkamlash yo`lidan boradi».
O`zbekiston Prezidenti Mun Chje Inni o`zi uchun qulay bo`lgan vaqtda mamlakatimizda tashrif bilan bo`lishga taklif qildi






