AsosiyJamiyat

​Toshkent shahrida bir kecha kunduzda 3 ta yong`in sodir bo`ldi

'​Toshkent shahrida bir kecha kunduzda 3 ta yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

2017 yilning 10 may kuni soat 08:00 dan 11 may kuni soat 08:00 ga qadar Toshkent shahrida 3 ta yong`in sodir bo`ldi.

Xususan 10 may kuni soat 19:30 da Shayxontoxur tumani, Zarqaynar ko`chasi 2-uyning oldida 7 kv.metr maydonda axlat yongan. Taxminlarga ko`ra, yong`in yosh bolalarning olov bilan o`ynashi oqibatida yuz bergan.

2017 yil 11 may kuni soat 04:10 da Yashnobod tumani, S.Mashxadiy ko`chasi 180-uyda joylashgan somsaxonaning shift qismi 10 kv.metr maydonda yongan, shu kuni soat 06:11 da Yashnobod tumani, Parkent ko`chasi 327-uy oldida, «GAZ-2402» rusumli, d/r 01 N 872 RA bo`lgan avtoulovning motor va salon qismlari yong`indan zarar ko`rgan.

Tahminlarga ko`ra, bu ikki yong`in avtomobilning elektr simlaridagi qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo`lgan.

Boshqa yangiliklar