AsosiyJamiyat

​Yakkasaroy tumanida farzandini pullamoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

'​Yakkasaroy tumanida farzandini pullamoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Doniyor Toshxo`jaevning ma`lum qilishicha, ayollardan biri o`zining 4 yoshar o`g`lini sotib, shu yo`l bilan o`zining moliyaviy muammolarini hal etmoqchi bo`lgan.

Buning uchun bolaning onasi qashqadaryolik tanishiga haridor topishni iltimos qilib murojaat qilgan. Avvaliga ular bolani 2 ming AQSh dollariga sotishni rejalashtirgan, biroq keyin ushbu narxni teng yarimiga tushirishga majbur bo`lgan.

Ikki ayol ham voqea joyida qo`lga olindi. Hozirda bola Toshkent shahri IIBBga qarashli reabilitasiya markaziga joylashtirilgan.

Boshqa yangiliklar