AsosiyJamiyat

​Toshkentda "O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l" xalqaro kongressi o`z ishini boshladi

'​Toshkentda "O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l" xalqaro kongressi o`z ishini boshladi'ning rasmi

Bugun Toshkentda "O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l" mavzuida Xalqaro kongress o`z ishini boshladi.

Tadbirda 40 dan ortiq mamlakatdane 140 dan ortiq chet el olimlari, ekspert, diplomat, xalqaro tashkilotlarning vakillari, shuningdek 50 dan ortiq yurtimiz ilm-fani vakillari hamda 50 dan ortiq O`zbekiston va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishadi.

Tadbirning ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev, O`zbekiston Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi rahbarlari, YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Krista Pikkat, Konrad Adenauer nomli jamg`armaning Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy vakili T.Kunselar ishtirok etishmoqda.

Qatnashchilar orasida Rossiya, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Misr, Koreya, Belgiya, Gollandii, Fransiya, Germaniya, Chexiya, AQSh, Xitoy, Turkiya, Gresiya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan dunyo ilm-fani vakillari – mashhur olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari, ilmiy jurnallar muharrirlari, taniqli kolleksionerlar,shuningdek, YuNESKO va ICOMOS (Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni saqlash bo`yicha xalqaro kengash), ko`p sonli asarlar va kitoblar muallifi bo`lgan olimlar bor.

Kongressning ilk kuni doirasida Loyihaning ilmiy rahbari O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi E.Rtveladzening loyiha bo`yicha ilmiy ma`ruzasi ham tinglanishi kutilmoqda.

Shuningdek kunning birinchi yarmida o`n tomlik O`zbekiston madaniy merosi kitob-albomining taqdimoti bo`lishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar