1

​Shavkat Mirziyoev akademik Edvard Rtveladzeni yuksak mukofot bilan taqdirladi

Jamiyat 15.05.2017, 13:58
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Edvard Rtveladze
​Shavkat Mirziyoev akademik Edvard Rtveladzeni yuksak mukofot bilan taqdirladi

14 may kuni O`zbekiston Fanlar akademiyasida yirik tarixchi-arxeolog olim, akademik Edvard Rtveladze tavalludining 75 yilligiga bag`ishlangan marosim bo`lib o`tdi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus vakillari, Fanlar akademiyasi a`zolari, yurtimiz va xorijlik olimlar, talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu yil 10 maydagi farmoni bilan ilm-fan sohasidagi ko`p yillik samarali mehnati, yosh avlodning intellektual va ma`naviy salohiyatini yuksaltirishdagi munosib hissasi, mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki uchun O`zFA San`atshunoslik instituti bo`lim boshlig`i, akademik Edvard Rtveladze «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.

O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov yuksak davlat mukofotini E.Rtveladzega tantanali ravishda topshirdi.

El-yurtimizning ana shunday zahmatkash olimlaridan biri – akademik Edvard Rtveladze. U 840 dan ziyod ilmiy ish, jumladan, 41 monografiya muallifidir. Besh yuzdan ziyod ilmiy maqolasi mamlakatimiz, Rossiya, Italiya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gresiya, Gruziya, Polsha, Hindiston kabi davlatlardagi nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilgan. Uning ilmiy rahbarligida 14 fan doktori va fan nomzodlari tayyorlangan.

Uning O`zbekiston va Markaziy Osiyo, butun Evroosiyo tarixi bilan bog`liq keng qamrovli ilmiy tadqiqotlari, ishlanmalari dunyoning etakchi ilmiy markazlarida tan olingan.

Akademik mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Oliy Majlis Senati (2010-2015 yillar), O`zFA prezidiumi, ko`plab davlat va jamoat tashkilotlarining a`zosi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.

Olimning mehnatlari mustaqillik yillarida munosib qadr topmoqda. Birinchi Prezidentimiz farmonlariga ko`ra E.Rtveladzega «Buyuk xizmatlari uchun» (2001 y.), «Mehnat shuhrati» (2003 y.) ordenlari, Fan va texnika sohasidagi Davlat mukofoti (2007 y.) berilgan.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1