AsosiyShou-biznes
9338

​"O`zbegim yoshlari" ansamli Turkiston saroyida konsert berdi

'​"O`zbegim yoshlari" ansamli Turkiston saroyida konsert berdi'ning rasmi

"Turkiston" saroyida "O`zbegim yoshlari" ansamblining konserti bo`lib o`tdi, deb xabar beradi O`zA.

"O`zbegim yoshlari" ansambli bundan o`n ikki yil avval tashkil etilgan badiiy jamoa. O`tgan vaqt mobaynida ansambl Ispaniya, Italiya, Belgiya, Xitoy, Fransiya, Portugaliya, Hindiston, Malayziya kabi o`ndan ortiq davlatida o`tkazilgan festivallar, san`at bayramlari, ijodiy tanlovlarda milliy madaniyatimiz va san`atimizni katta muvaffaqiyat bilan namoyish etgan.

“Ansamblimiz iste`dodli yoshlar ijodini xalqimizga tanishtirish, ularning ilk parvoziga qanot bag`ishlashda muhim rol o`ynamoqda, – deydi jamoa badiiy rahbari va rejissyori Lutfiya Ro`ziboeva. – Ayni vaqtda Belgiyada bo`lib o`tadigan yoshlar festivaliga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda”.


Konsertda istiqlolimizni, ona Vatanimizni, yoshlarga ko`rsatilayotgan cheksiz mehr va e`tiborni tarannum etuvchi kuy-qo`shiqlar yangradi. Jozibali raqslar ijro etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar