AsosiyDunyo

​Boshliq ofisdagi og`ir mehnat uchun xodimlarini rag`batlantirdi

'​Boshliq ofisdagi og`ir mehnat uchun xodimlarini rag`batlantirdi'ning rasmi

Angliyaning Manchester shahridagi sayyohlik agentligi rahbari xodimlarini rag`batlantirish maqsadida ularning ofisini sharchalar bilan to`ldirdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Manchester shahridagi Invasion Li Maketir (Lee McAteer) sayyohlik agentligining 32 yoshli rahbari xodimlarining kayfiyatini ko`tarish maqsadida kompani ofisini har xil rangli sharchalar bilan to`ldirdi.

Firma direktorining ma`lumot berishicha, u jamoasidagi xodimlarini hayratlantirishni xush ko`radi: “Men xodimlarimni og`ir ish kunidan keyin kayfiyatlarini ko`tarish , ularning mehnatini rag`batlantirish maqsadida ofisni sharchalar bilan to`ldirishni buyurdim”. Ish kuni boshlanishidan ilgari tungi uchdan ertalabki sakkizga qadar ofisga 250 ming dona sharchalar keltirildi. Maketirning ma`lumot berishicha, ishga kelgan xodimlar ko`zlariga ishonmagan.

Maketir bundan tashqari, mukofot tariqasida xodimlarini sayohatlarga olib chiqadi. Ular birgalikla Disneylendda, AQShda va Tailandda dam olishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar