AsosiyJamiyat

​Toshkent shahrida yuz bergan 2 ta yong`in yuzasidan axborot berildi

'​Toshkent shahrida yuz bergan 2 ta yong`in yuzasidan axborot berildi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB 16 may kuni poytaxtda sodir bo`lgan 2 ta yong`in holati yuzasidan axborot berdi.

Shu kuni soat 09:05 da Yunusobod tumani, A.Temur shoh ko`chasi, 95A-uyda “Nexia-2” rusumli avtoulovning orqa yukxona qismi hamda yonida turgan “GAZ-5201” rusumli avtoulovni kuzov qismi yongan.

Ayni damda yong`inning taxminiy sababi aniqlanmoqda.

Kech soat 21:49 da Bektemir tumani, Bektemir ko`chasi 24 uyda 4 kv.metr maydonda uy jihozlari yongan.

Yong`inning taxminiy sabablari sifatida elektr simlarining qisqa tutashuvi ko`rib chiqilmoqda.

Boshqa yangiliklar