AsosiyJamiyat

​YTX oqibatida vafot etgan ayolning shaxsi aniqlandi

'​YTX oqibatida vafot etgan ayolning shaxsi aniqlandi'ning rasmi

2017 yilning 16 may kuni internet tarmoqlarda mudhish YTH oqibatida ayol halok bo`lgani va uning shaxsi aniqlanmaganligi haqida xabarlar tarqaldi.

13 may kuni soat 09.00 larda Sergeli tumani, TXAY ko`chasi bo`ylab, Yangi Qo`yliq ko`chasi tomonidan Xonobod ko`chasi tomonga boshqarib, “Volvo” rusumli avtoulov xaydovchisi “Qo`yliq-6” avtobus bekati qarshisida shaxsi noma`lum, osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 45-50 lardagi ayol piyodani urib yuborganligi, natijada, ayol kasalxonada vafot etganligi haqida ma`lumot berilgan edi.

Ushbu holat bo`yicha 14 may kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan harakatlar natijasida, ushbu ayol 1957 yilda tug`ilgan, Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Beruniy qishloq fuqarolar yig`inida doimiy ro`yxatda turuvchi Babanova Dilbar Sarmonovna ekanligini ma`lum qilindi.

Boshqa yangiliklar