Meksikaning Gerrero shtatidagi Akapulko shahridan mamlakat poytaxtiga yo`l olgan 29 nafar polisiyachi o`tirgan avtobusga 3 nafar jinoyatchi hujum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Yonida tabel quroli bo`lmagan polisiyachilar ijaraga olingan sayyohlik avtobusida mamlakat poytaxtiga dam olish uchun jo`nagan edi. Transport vositasining haydovchisi yarim kechasi avtobus buzilib qolgani uchun yo`lda to`xtashga majbur bo`ldi. Jinoyatchilar qulay vaziyatdan foydalanib, avtobusdagi polisiyachilarga qurol o`qtalgancha, ularning pullarini, mobil telefonlarini va shaxsiy buyumlarini tortib oldi.