AsosiyJamiyat

​Toshkentda YPX inspektorlari tomonidan bir kunda 2 mingdan ziyod qoidabuzarlik qayd etildi

'​Toshkentda YPX inspektorlari tomonidan bir kunda 2 mingdan ziyod qoidabuzarlik qayd etildi'ning rasmi

2017 yilning 22 may kuni Toshkent shahri hududida 4 ta yo`l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo`l-transport hodisalarida 5 nafar shaxs tan jarohati olgan.

Yo`l harakati xavfsizligini qoidabuzarliklarni aniqlash:

2017 yilning 22 may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2051 ta qoidabuzarliklar bo`yicha ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo`lib, shulardan, 716 tasini qo`pol turdagi qoidabuzarliklar, 16 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etadi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yo`l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 22 may kuni jami 944 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo`lib, shulardan 473 tasini svetaforning taqiqlovchi signaliga bo`ysunmasdan harakatlangan, 471 tasi belgilangan tezlikni me`yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etadi.

Boshqa yangiliklar