Toshkent shahar YHBB tomonidan navbatdagi qoidabuzarlar reytingi e`lon qilindi.
Bu galgi reytingning yuqori pog`onasidan qariyb 9,5 mln. so`m jarima bilan «Vaz 21063» rusumli, davlat raqam belgisi 10 J 506 FA bo`lgan avtomashina haydovchisi joy oldi.
Ushbu avtomashina haydovchisi jami 32 marotaba qoidabuzarliklar ya`ni, 1 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo`ysunmaslik, 31 marotaba svetoforning qizil chirog`i talablariga bo`ysunishni xoxlamagan holda, jarimalar miqdorini 9.435.825 so`mga etkazdi.
Ikkinchi o`ringa «COBALT» rusumli, davlat raqam belgisi 10 J 434 LA bo`lgan avtomashina haydovchisi sazovor bo`ldi. Ushbu avtomashina xaydovchisi jami 21 marotaba ya`ni, 18 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo`ysunmaslik, 3 marotaba svetoforning qizil chirog`i talablariga bo`ysunmaslik kabi qoidabuzarliklarni sodir etib, jarima miqdorini 4.193.700 so`mga etkazdi.
Uchinchi o`rinda «MATIZ» rusumli, davlat raqam belgisi 01 O 905 RA bo`lgan avtomashina haydovchisi bormoqda. U jami 17 marotaba qoidabuzarliklar, jumladan, 16 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga, 1 marotaba svetoforning qizil chirog`i talablariga bo`ysunmagan holda harakatlangani uchun, jarima miqdori 2.845.725 so`mni tashkil etadi.
To`rtinchi o`rinni «SPARK» rusumli, davlat raqam belgisi 01 B 361 PA bo`lgan avtomashina haydovchisi. 15 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo`ysunmagan. Jarima miqdori 2.246.625 so`mni tashkil etadi.
Va, nihoyat, so`nggi – Beshinchi o`rin «sohibi» bilan tanishing. «NEXIA 2 GLE» rusumli (davlat raqam belgisi 30 707 FAA) avtomashinasi haydovchisi. 14 marta belgilangan tezlik talablariga amal qilmagan holda harakatlangani uchun . Unga 3.295.050 so`mlik jarima solingan.