AsosiyJamiyat

​«Bolajonlar-shirintoylar» moda festivali boshlandi

'​«Bolajonlar-shirintoylar» moda festivali boshlandi'ning rasmi

Poytaxtimizda «Bolajonlar-shirintoylar» bolalar moda festivali boshlandi.

“Osiyo ramzi” O`zbekiston dizaynerlar va modelerlar uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan festivalda mahoratli ijodkorlar, yosh dizaynerlar, bolalar ijodiyoti markazlari, mamlakatimizdagi qator moda maktablarining vakillari qatnashmoqda, deb yozadi O`zA.

– Festivalning birinchi kunida mamlakatimizning kiyim-kechak tayyorlashga ixtisoslashgan etakchi korxonalari bolalar va o`smirlarga mo`ljallangan, zamonaviy tendensiya va milliy an`analarimizni o`zida mujassam etgan rang-barang va bejirim liboslar kolleksiyasini keng omma e`tiboriga havola etmoqda, – deydi «Osiyo ramzi» O`zbekiston dizaynerlar va modelerlar uyushmasi boshqaruvi raisi Holida Komilova. – Bu esa 18 yildan buyon o`tkazib kelinayotgan festival tarixidagi o`ziga xos yangilik bo`lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 21 dekabrdagi «2017-2019 yillarda to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to`g`risida»gi qarori doirasida olib borilayotgan tizimli ishlar mahsulidir.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga qadar davom etadigan festivalda qator tadbirlarni o`tkazish rejalashtirilgan. Ularda mamlakatimiz dizaynerlari yaratgan 450 yangi kiyim-bosh to`plami havola etiladi. Yangi libos namunalarini «Tantana», «Fashion Lab» ijodiy studiyalari, «Kolibri» art-byurosi va «Oltin qanot» maktabining 2,5 yoshdan 13 yoshgacha bo`lgan 220 nafar yosh modeleri namoyish etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar