Istanbulda Turkiyaning Yeni Akit gazetasi bosh muharriri Qodir Demiral pichoqlab o`ldirildi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Nashrning xabar berishicha, u kuyovi bilan bo`lgan janjalda pichoqlangan. Demiral qizi Esma va kuyovi Jemil Yavuz Karanfil bilan urishib qolgan. Jemil janjal vaqtida qaynotasi va qaynonasiga pichoq o`qtalgan, Esma ham tan jarohati olgan. Demiral olgan tan jarohatidan vafot etdi. Uning qizi Esma esa og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Ayni paytda polisiya bo`lib o`tgan hodisani o`rganmoqda. Jinoyatchi kuyov qochib ketganligi bois, unga nisbatan qidiruv e`lon qilindi.