AsosiyJamiyat

​Farmon: O`zbekistonda er resurslaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi

'​Farmon: O`zbekistonda er resurslaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi'ning rasmi

Respublikamiz er resurslaridan foydalanish samaradorligini, qishloq xo`jaligi erlari unumdorligini oshirish, shuningdek, soha faoliyatini takomillashtirish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Qabul qilingan hujjatlarda O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

erdan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, kartografiya va geodeziya faoliyati bo`yicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlash;

erdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan tizimli davlat nazoratini hamda qonun hujjatlariga so`zsiz rioya etilishi bo`yicha davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;

tuproq unumdorligini oshirish, erlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

er tuzish, erdan foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish sohalarida davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha takliflar tayyorlash, er resurslaridan foydalanish hamda erdan foydalanish istiqbolini va sxemalarini prognozlashtirish va rejalashtirishda qatnashish;

uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda qishloq xo`jalik erlarini, qishloq xo`jalik ekinlari va ularni parvarishlashni monitoring qilish, geodezik ma`lumotlar va kartografik materiallardan foydalangan holda sun`iy yo`ldosh navigasiya tizimi ishlashini ta`minlash va boshqalar.

Qabul qilingan hujjatda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibidan O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi tasarrufiga o`tkazish ko`zda tutilgan.

O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasiga, uning hududiy bo`linmalariga mavjud shtatlarga qo`shimcha ravishda 937 ta muhandis-er tuzuvchilar shtat birligi, shundan 92 foizi qo`mitaning tuman bo`limlariga berilmoqda.

Shuningdek, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi faoliyatini samarali tashkil qilish, sohaga ilg`or fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb qilish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.

Mazkur farmon va qarorning amalga oshirilishi:

birinchidan, respublikamiz er resurslaridan foydalanish samaradorligini va qishloq xo`jaligi erlari unumdorligini oshirish;

ikkinchidan, qishloq xo`jaligi erlaridan, ayniqsa, sug`oriladigan erlardan boshqa maqsadlarda foydalanishning oldini olish yuzasidan qattiq nazorat o`rnatish, shuningdek, respublika er fondi hisobini yuritishni tizimlashtirish;

uchinchidan, zamonaviy yuqori texnologiyali texnik vositalar va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish;

to`rtinchidan, O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi va uning hududiy bo`linmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha mutaxassislariga yuklangan vazifalarni o`z vaqtida va sifatli bajarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Farmonning to`liq matni va unga sharh O`zAda keltirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar