2017 yilning 30 may kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Albert Fyodorov Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 30.000 so`m pul evaziga fuqarolar “E” va “N” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning o`xshashlik holati tasodifiy xarakterga ega, deb yozadi Toshkent shahar IIBB.