2017 yilning 03 iyun kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Nigora Safarova Yunusobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 40.000 so`m pul evaziga fuqarolar “Z” va “D”larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb yozadi Toshkent shahar IIBB.