AsosiyJamiyat

​1.500 dollar evaziga “Uzmobile”ga ishga joylashtirishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi

'​1.500 dollar evaziga “Uzmobile”ga ishga joylashtirishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

2016 yilning 08 iyul kuni noma`lum shaxs, Yakkasaroy tumani hududida, fuqaro Surayyo Bobirovnaning ishonchiga kirib, uni “Uzmobile” uyali aloqa kompaniyasiga ishga joylashtirishni va`da qilib, aldov yo`li bilan undan 1.500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag`larini qo`lga kiritganidan so`ng, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya`ni o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyat muqaddam firibgarlik bilan bir necha marotaba sudlangan, 1981 yilda tug`ilgan Abuhamid Abduvaxitovich Abdullaev tomonidan sodir etganligi aniqlangan.

Abdullaevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning xar qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Diqqat !!!

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar bo`lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishlari mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar