Toshkent soliq kollejida O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi markazining 2017 yil 7 iyundagi “O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish to`g`risida” gi buyrug`i asosida “Oliyjanob inson fazilatlari”, “Kachestva blagorodnogi cheloveka” nomli besh kunlik o`quv kurslarini o`qitish boshlandi.
O`quv kurslarini o`tilishini tashkil etishdan maqsad kollej o`quvchilarida oliyjanoblik fazilatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyati to`g`risidagi ko`nikmalarni shakllantirish, mehr muruvvat, o`zaro hurmat, hamjihatlik, bag`rikenglik, kabi axloqiy qadriyatlarni o`zida mujassam etgan oliyjanoblik fazilatlarini o`quvchilar ongiga singdirishga chuqur qaratilgan keng qamrovli ma`naviy ma`rifiy ishlar ta`sirchanligini oshirishdir.
O`quv kurslarida tajribali pedagog va tarbiyachilar tomonidan o`quvchi yoshlarga oliyjanoblik, mehr muruvvat, o`zaro hurmat, hamjihatlik, bag`rikenglik, kabi axloqiy qadriyatlar keng yoritilgan yuzlab atoqli mualliflarning badiiy adabiyotlari, o`ndan ziyod gazeta va jurnallar, internet nashrlarini mutoola qilish targ`ib qilindi.
Barcha o`quvchilar o`rtasida “Oliyjanoblik inson fazilatlari”, “Kachestva blagorodnogo cheloveka” mavzularida insholar tanlovi e`lon qilinib, o`quvchilar orasidan eng yaxshi insholar mualliflarini aniqlash va ularni qimmatbaho sovrinlar bilan rag`batlantirish belgilab olindi.
Shu kuni yuzlab o`quvchilar kollej Axborot resurslar markazidan badiiy kitoblar olishdi. Kitob do`konlariga tashrif buyurishib badiiy adabiyotlar sotib olishdi.
20.07.2022, 09:14
Kuni kecha, internet saytlari, telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumani tibbiyot birlashmasida bir guruh fuqarolar o`rtasida janjal yuz berganligi aks etgan videotasvirlar e`lon qilindi. Mazkur...23.12.2021, 22:47
Bryusseldagi Arenberg ausionida dunyodagi eng kichik kitob sotildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, kitobning narxi 3500 evroni tashkil qilgan. Mazkur kitob 1952 yilda...28.04.2021, 18:39
Oliy Majlis Senati Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo`mitasiga kitob savdosi korxonalariga qo`shilgan qiymat solig`i...22.01.2021, 14:40
Prezient Shavkat Mirziyoev Buxoroga tashrifi davomida yangi qaror loyihasini ikki hafta muddat ichida ishlab chiqish bo`yicha mutasaddilarga topshiriq berdi."Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, yangi...