AsosiyJamiyat

​Toshkentda 60 ming so`mlik fohishaxona yopildi

'​Toshkentda 60 ming so`mlik fohishaxona yopildi'ning rasmi

2017 yilning 08 iyun kuni taxminan soat 22:35 larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Begzod Xasanov Uchtepa tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 60.000 so`m pul evaziga fuqaro «A» va «D» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning o`xshashlik holati tasodifiy harakterga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar