AsosiyDunyo

​Onasini qotildan himoya qilgan 9 yoshli bola jiddiy jarohat oldi

'​Onasini qotildan himoya qilgan 9 yoshli bola jiddiy jarohat oldi'ning rasmi

Rossiyaning Atraxan shahrida yashovchi erkak qo`liga pichoq tutgancha, yarim kechasi ayol va uning ikki farzandiga hujum qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

9 yoshli bola onasini qotildan himoya qilishga harakat qilgan. Olgan tan jarohatidan ayol voqea joyida vafot etgan. Ayni paytda shifokorlar bolaning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda. 5 yoshli qizcha ham kasalxonaga yotqizildi, u kuchli stress olganidan hech kim bilan gaplashmayapti. Qotillikda gumon qilingan shaxs qo`lga olindi. U muqaddam sudlangan shaxs bo`lib, ayolning o`zi unga eshikni ochgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar