AsosiyJamiyat

​Toshkentda to`rtta yangi ichki ishlar bo`limlari ochildi

'​Toshkentda to`rtta yangi ichki ishlar bo`limlari ochildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlashda ularning ma`suliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq Toshkent shahrida 70 ta shahar ichki ishlar bo`limlari tashkil etilishi belgilangan.

Shu asosida bugun O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor A.A.Azizov poytaxtning Mirzo Ulug`bek tumanidagi 8-sonli shahar ichki ishlar bo`limiga tashrif buyurib, ushbu bo`limning tantanali ochilishida qatnashdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Bu erda bo`lim boshlig`i, navbatchilik qismi xodimlari, profilaktika inspektorlari, voyaga etmaganlar va yoshlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi inspektorlari, surishtiruvchi, jinoyat qidiruv tezkor vakillari, pasport inspektori faoliyat ko`rsatishi uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlar, zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarining joriy etilganligi, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Ochilish marosimida tuman faollari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

Bundan tashqari ichki ishlar Vaziri shu tumanning 5-sonli hamda Olmazor tumanidagi 13 va 14-sonli shahar ichki ishlar bo`limlariga ham tashrif buyurdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar