Prezident Shavkat Mirziyoev kuni kecha Uchtepa tumaniga tashrifi chog`ida 78-umumta`lim maktabini borib ko`rgani hamda ushbu maktabda tajriba sifatida 11 yillik ta`limni qayta tiklash zarurligini ta`kidlagani haqida avval xabar bergandik.
Xususan Shavkat Mirziyoev yuqori sinflarda bolalar shaxs bo`lib, jamoa bo`lib shakllanishi va ayni o`sha paytda ularni o`zlari o`rgangan muhitdan ajratilishi ularning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta`lim-tarbiyasiga salbiy ta`sir qilishini qayd etdi hamda masalani echimi sifatida ta`lim jarayonining usluksizligini ta`minlash zarurligini qayd etdi.
Prezident bundan buyon kollej va liseylarning chiroyli binolari uchun sarflanadigan mablag`lar maktab o`qituvchilariga yo`naltirilishini alohida ta`kidlab o`tdi.
Davlatimiz rahbarining ushbu tashabbuslari natijasi o`laroq bugun Bosh vazir Abdulla Aripov Xalq ta`limi vaziri U.I.Inoyatov, Oliy va o`rta maxsus ta`limi vaziri R.S.Qosimov, O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi Markazi direktori M.M.Xolmuxamedov, Toshkent shahar hokimi R.J.Usmanovlar ishtirokida yig`ilish o`tkazdi.
Yig`ilishda 18 iyun kuni Toshkent shahri maktablarida 10-11-sinflar ochilishi yuzasidan ota-onalar o`rtasida so`rovnoma o`tkazilishi ma`lum qilindi.
Bosh vazir kollej va akademik liseylar ham saqlanib qolishi, 9-sinf bitiruvchilari kelgusi ta`lim yo`nalishini ihtiyoriy tanlashlari mumkinligi qayd etdi.
Xullas, ertaga Toshkent shahri bo`yicha farzandi 9-sinfni bitirayotgan ota-onalar o`rtasida so`rovnoma o`tkaziladi va ko`pchilikning fikri bilan eksprimental tarzda Toshkent shahrida 11 yillik ta`lim joriy qilinadi.
Ushbu so`rovnomalarda faol ishtirok etishingiz so`raladi.