AsosiyJamiyat

​YuNISEF: O`zbekistonda 46 foiz 3-4 yoshdagi bolalar otasi bilan o`ynash imkoniyatidan mahrum

'​YuNISEF: O`zbekistonda 46 foiz 3-4 yoshdagi bolalar otasi bilan o`ynash imkoniyatidan mahrum'ning rasmi

Dunyoning 74 mamlakatida uchdan to`rt yoshgacha bo`lgan bolalar, bu esa 40 million bola degani, otalar e`tiboridan mahrum. Otalar, bolasi bilan kam o`ynaydi, ba`zilar esa umuman bolasiga e`tibor qilmaydi. Vaholanki, ota bolaning kognitiv rivojlanishida muhim rol o`ynaydi.

Bu haqda BMTning Bolalar jamg`armasi ( YuNISEF)ning yangi hisobotida ma`lum qilindi. Uning mualliflari tadqiqot o`tkazishdi hamda Belarusda 32 foiz kichik yoshdagi bolalar, Ukrainada - 29 foiz, Gruziyada – 40 foiz, Qozog`istonda - 49 foiz bola ota e`tiboridan mahrumligini aniqlashdi. O`zbekistonda uchdan to`rt yoshgacha bo`lgan 46 foiz bolalar o`z otalari bilan o`ynash imkoniyatidan mahrum.

Aynan shu davrda bolalarning miyasi juda yuqori suratlarda rivojlanib, har soniyada mingga yaqin yangi ma`lumotlarni o`zlashtiradi va aynan shu davrda bola har tomonlama e`tibor va ko`makka muhtoj bo`ladi. Ushbu davr bolaning kelgusi hayotida fikrlash apparati imkoniyatlarini ta`minlab beradi.

“Raqamlar otalar bolaning eng kichik chog`laridagi rivojlanishida faol emasliklarini ko`rsatdi”, - deydi YuNISEF vakili Lourens Chendi.

U otalarni barcha chegaralarni olib tashlab, bolalarga ko`proq e`tibor, mehr berishga hamda ular bilan birga o`ynab, o`qib, chizib, kerak bo`lsa ashula aytishga chaqiradi. Lourens Chendi bolaning erta rivojlanishida otaning roli katta ekanligini qayd etdi.

Bir qator mamlakatlarda iyunning uchinchi yakshanbasi Otalar kuni sifatida nishonlanadi. Bu yil YuNISEF ushbu sanani “SUPER OTALAR” shiori ostida o`tkazdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar