AsosiyJamiyat

​Prezident Shavkat Mirziyoev Portugaliya xalqiga hamdardlik bildirdi

'​Prezident Shavkat Mirziyoev Portugaliya xalqiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Portugaliyaning markaziy qismini qamrab olgan o`rmon yong`inlari oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan Portugaliya Prezidenti

Marselo Rebelo de Souzaga hamdardlik maktubini yo`lladi. Hamdardlik matni O`zAda e`lon qilindi.

“Portugaliyaning markaziy qismini qamrab olgan o`rmon yong`inlari oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani va vayronliklar yuzaga kelgani haqidagi xabardan chuqur qayg`uga tushdim.

Chuqur hamdardligimni qabul qilishingizni va butun Portugaliya xalqiga, jumladan, halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardligimni etkazishingizni so`rayman, jabr ko`rganlar tezroq sog`ayib ketishini tilayman”, deyiladi Prezident nomasida.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Portugaliyadagi o`rmon yong`inlari oqibatida 64 kishi halok bo`lgan. Ular orasida to`rt nafar bola ham bor.

Odamlar alanganing tezligi sababli olovdan qutulishga ulgura olishmayapti. Hatto mashinada ham qochishga ulgurmay trassalarda halok bo`lishyapti. Tabiiy ofatni to`xtatishning imkoni bo`lmayapti — ikki ming nafar o`t o`chiruvchiga qarshi jazirama issiq va kuchli shamol qarshi chiqmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar