AsosiyJamiyat

​Jenevada Lola Karimova prodyuserligida ilk film namoyishi bo`lib o`tdi(Foto)

'​Jenevada Lola Karimova prodyuserligida ilk film namoyishi bo`lib o`tdi(Foto) 'ning rasmi

20 iyun kuni Shvesiyaning Jeneva shahrida Lola Karimova prodyuserligida suratga olingan “Mirzo Ulug`bek. Osmon toqiga qo`yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi. Film namoyishi “The Club des leaders” xalqaro jamiyatning Shveysariyadagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.

"Ushbu kinolentani bugun e`tiboringizga havola etish men uchun katta sharaf. XV asrda, Mirzo Ulug`bek hukmronlik qilgan davrda Samarqand astronomiya, matematika va geometriya sohalarida ilg`or ilmiy tadqiqotlar xalqaro markaziga aylandi. Bu buyuk inson, etuk olim va adolatli hukmdor shaxsi bolaligimdan meni o`ziga maftun etgan edi. Uning hikoyasi zamondoshlarimiz e`tiboriga havola etilishi lozim," – deya ta`kidladi Lola Karimova-Tillyaeva filmning taqdimotida.

Ma`lumot uchun, Hujjatli film buyuk mutafakkir hamda alloma Mirzo Ulug`bekning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi.

Film rejissyori Bahodir Yuldoshev. Kartinada Fransiya, AQSh, Rossiya, O`zbekiston, Buyuk Britaniya, Daniya va Niderlandiyaning etakchi olim va mutaxassislari Mirzo Ulug`bek hayoti va faoliyati xususidagi mulohazalari bilan o`rtoqlashadi. Kinokartinani yaratishda Bodlian kutubxonasi (Oksford universiteti), Britaniya muzeyi, Priston universiteti, Griffit rasadxonasi, Fransiyaning Observatoire de la Cote d’Azur Côte rasadxonasi, Kaliforniya universiteti, Daniyaning The David Collection muzeyi, Oksfordning Ilm-fan tarixi muzeyi, Oksfordning St. John’s kolledji kabi o`quv yurtlari, muzey va kutubxonalarning bisotidan foydalanildi.


Kinokartinada Vinsent Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovalle kabi jahon kinosi yulduzlari suratga tushdi. Ma`ruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari aktyorlar rol ijro etgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar