AsosiyJamiyat

​Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri lavozimiga Inom Madjidov tasdiqlandi

'​Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri lavozimiga Inom Madjidov tasdiqlandi'ning rasmi

Madjidov Inom Urishevich O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

2017 yil 20 iyundagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Madjidov Inom Urishevich O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan Inom Madjidov O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o`tamiz, Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vaziri Rustam Qosimov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi birinchi o`rinbosari – Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar