O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahrida joriy etilgan yo`l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi tomonidan qayd etilgan va sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun belgilangan muddatlarda jarimalarni to`lashdan bo`yin tovlayotgan jismoniy shaxslar ro`yhatini e`lon qildi.
Ro`yxatning dastlabki o`ntaligiga nazar solib, qoidabuzarlarning asosiy qismi ayollarmi degan fikr keladi. Biroq bu qoidabuzarlarning aksariyati ayollar degani emas. Sababi ayrim erkak haydovchilarning avtomobili ayoli yohud onasining nomida bo`lishi mumkin.
Kompyuterlashtirilgan tizim tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarimalarni ixtiyoriy ravishda to`lash bo`yicha qonunchilikda belgilangan 60 kunlik muddatni o`tkazib yuborish, transport vositalarini ushlash va jarima maydonlariga joylashtirishga sabab bo`lishi haqida ogohlantiramiz.
Ro`yxat bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.