Rossiyaning Volgograd shahridan Chimkent shahri tomon yo`lga chiqqan avtobus YTHga uchradi, deb xabar berdi Ren.tv nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog`istonda YTH oqibatida avtobus ag`darilgani aks etgan video paydo bo`ldi. Qozog`iston respublikasi IIV bergan ma`lumotga ko`ra, avtobusda 52 nafar odam bo`lgan. Ulardan 50 nafari O`zbekiston, 2 nafari Qozog`iston fuqarosi bo`lgan.
YTH oqibatida 9 nafar o`zbekistonlik fuqaro halok bo`ldi, 18 kishi kasalxonaga yotqizildi.