AsosiyShou-biznes

​Yigitali Mamajonov Rayhon bilan ajrashganidan so`ng nima uchun Rossiyaga ketib qolgani haqida gapirdi

'​Yigitali Mamajonov Rayhon bilan ajrashganidan so`ng nima uchun Rossiyaga ketib qolgani haqida gapirdi'ning rasmi

Aktyor Yigitali Mamajonov so`nggi paytlarda diqqat-e`tibor markazida. Dastlab uning unashtirilgani haqida, keyinroq esa uylangani haqida gap-so`zlar tarqaldi.

“Daryo” internet-nashri aktyor bilan intervyu uyushtirdi.

Suhbat davomida Yigitali xonanda Rayhon bilan ajrashishi haqidagi gap-so`zlar nima sababdan o`zi orqali ma`lum qilinmagani hamda ajrashganidan so`ng Rossiyaga ketib qolgani haqida so`zlab berdi.

“Bizning tarbiyamiz shunaqa bo`lsa kerak-da — oilaviy, shaxsiy narsalarni tashqariga chiqarmaslik va ularning qanaqadir fikri uchun o`zimiz bilgan narsani oshkor etib, qanaqadir maslahat olish erkak kishiga to`g`ri kelmaydi.

Shuning uchun ajrashuv haqidagi gap mendan chiqmagani yaxshiroqmi, deb o`yladim. Chunki bu maqtanadigan ish emas. Ajrashish juda ham yomon narsa, buni odamlar bilmagani ham yaxshiroq edi. «Biz ajrashdik!», deb barchaga ovoza qilishni o`zimga ravo ko`rganim yo`q.

Oilamni yo`qotish men uchun oson bo`lgani yo`q. Shuning uchun chetga chiqib, havo almashtirib, ularning menaliteti bilan tanishib, ehtimol ulardan qandaydir javob olarman, deb o`ylagandi, ma`lum bir javob ham oldim.

Kuzatuvchanman, ko`p insonlarni, ko`p oilalarni ko`rdim va o`zimga kerakli xulosalarni chiqarib oldim. Ajrashish to`ydek hammaga e`lon qilinadigan narsa emas”,— deydi Yigitali Mamajonov.

Yigitali Mamajonov to`yi bo`lgani haqidagi gap-so`zlarga oydinlik kiritdi
Yigitali Mamajonov to`yini xufyona o`tkazdimi?

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar