​QOZOG`ISTONDA YTH OQIBATIDA HALOK BO`LGAN O`ZBEKISTONLIKLAR RO`YXATI E`LON QILINDI

Jamiyat 23.06.2017, 13:52
Teglar: YTH, Qozog`iston
​QOZOG`ISTONDA YTH OQIBATIDA HALOK BO`LGAN O`ZBEKISTONLIKLAR RO`YXATI E`LON QILINDI

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasi Qozog`istonda yo`l-transport hodisasi oqibatida halok bo`lgan o`zbekistonliklar ro`yxatini e`lon qildi.

O`zbekistonning Qozog`istondagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra 2017 yilning 20 iyun kuni Aktyuba viloyati Aytekebiy tumani Karabutak posyolkasidan 20 kilometr uzoqlikda Samara-Chimkent trassasining 946-kilometrida soat 10.20 da yo`l-transport hodisasi yuz berdi. “Mersedes” rusumli ikki qavatli yo`lovchilar avtobusi ag`darilib tushdi.

Mazkur hodisa oqibatida 52 kishi (50 ta O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va 2 ta Qozog`iston Respublikasi fuqarosi) jarohat oldi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 9 kishi halok bo`lgan va 18 kishi (17 ta O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va 1 ta Qozog`iston Respublikasi fuqarosi) turli darajadagi tan jarohati olgan (halok bo`lganlar va jarohat olganlar ro`yxati ilova qilinadi).

Jarohatlanganlarga Aktyuba viloyati Aytekebiy tumani “Komsomol” posyolkasi kasalxonasida tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Aktyuba viloyatining Favqulodda vaziyatlar bo`yicha departamentidan olingan ma`lumotga ko`ra, yo`l-transport hodisasi oqibatida engil jarohat olgan fuqarolar psixologik reabilitasiyadan o`tkazilmoqda.

Hodisa oqibatida Qozog`istonning Aktyuba viloyati Favqulodda vaziyatlar bo`yicha departamentida “ishonch telefonlari” ochildi: +7 713-256-29-62.

Aktyuba viloyati hokimiyati tomonidan tuman kasalxonasi qabulxonasining quyidagi telefon raqami taqdim etildi: +7 713 392 14 97.

Halok bo`lgan va jarohatlangan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari to`g`risidagi ma`lumotlar ularning oila a`zolari va yaqinlarini habardor qilish uchun O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bo`limlari va viloyat hokimiyatlariga yuborildi.

Halok bo`lgan o`zbekistonliklar ro`yxati:

1. Jumaev Toshtemir Ahmadovich: Surxondaryo viloyati, Qizariq tumani, «Bandixon» qishloq fuqarolar yig`ini, Qizilqaloq ko`chasi (24.07.1988).

2. Ergashev Muzaffar Abubakirovich: Jizzax viloyati Zarbdor tumani (22.04.1991)

3. Qahhorov O`lmasbek Bo`ronboevich: Andijon viloyati, Marhamat tuman, «Ko`tarma» qishloq fuqarolar yig`ini, Kichik ko`tarma ko`chasi (17.03.1982).

4. Aliev Shohruxbek Shavkat o`g`li: Andijon viloyati, Bo`z tumani, «Xovos» qishloq fuqarolar yig`ini, Zavrok ko`chasi (22.11.1990).

5. Mo`minov Abdurasulxon Parpievich: Namangan viloyati, Yangiqo`rg`on tumani, «Zarbdor» QFY (12.10.1984).

6. Xolboev Anvarjon Akramjonovich: Farg`ona viloyati, Yozovon tuman, «Qatortol» QFY, Pinaj ko`chasi (30.08.1988).

7. Tursunov Kudratali Rustamalievich: Namangan viloyati, Chust tuman, «Sho`rkent» QFY, (20.06.1981).

8. Qurbonov Iqboljon Ilhomjonovich: Farg`ona viloyati, Rishton tuman, «Mehnatobod» QFY (13.05.1987).

9. Qodirov Zohidjon Zoirovich: Farg`ona viloyati, Beshariq tuman, «Yakkatut» QFY (15.04.1982).

Shifoxonaga yotqizilgan o`zbekistonliklar ro`yxati:

1. Xolmatov Islomjan Odimovich 30.05.1981

2. Tog`aev Ismoil Abdullaevich 01.03.1980

3. Nosirov G`ulomjan Abdujabbarovich 25.09.1980

4. Xo`jaev Shermonat Xurmonotovich 02.03.1988

5. Nasipov Olimjon Abdixolidovich 12.11.1977

Sharhlar

Qozog`istondan 120 dan ortiq xorijlik chiqarib yuborildi

18.03.2024, 12:51

Qozog`istondan 120 dan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Polisia.kz.“Migrant” tadbiri davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kun davomida 10 mingdan ortiq migrasiya qonunchiligi...
Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

12.05.2023, 09:55

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...
Toshkentdan Koreyaga borgan qozog`istonliklar deportasiya qilingach, aeroportda qochib ketdi (video)

01.04.2023, 11:02

Qozog`istonning deportasiya qilingan ikki fuqarosi Janubiy Koreyada qochib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Ma`lumotni Qozog`iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tasdiqlagan.Qozoqlarning qochishi ijtimoiy tarmoqlardan ma`lum...
Qoraqalpog`istonda "Nexia-3" va yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi, 5 odam halok bo`lgan (video)

06.02.2023, 13:36

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1