Meksikalik bokschi Ulises Ueto Elisalde mashg`ulotdan keyin uyiga qaytayotganda otib o`ldirildi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
33 yoshli bokschi mashg`ulotdan keyin uyga qaytayotganda uni motosiklda ikki nafar noma`lum shaxs quvib etgan va unga qarata o`q uzgan. Bokschiga qarata 10 ta o`q uzilgan.
Mexiko polisiyasining taxmin qilishicha, qotillik banditlar guruhi o`rtasidagi janjal tufayli amalga oshirilgan. Elisalde professional ringda to`rt marotaba jang qilib, ikki marotaba g`alabaga erishgan va ikki marta mag`lubiyatga uchragan.