Qozog`istonda yo`l-transport hodisasi oqibatida halok bo`lgan o`zbekistonliklarni olib kelish uchun maxsus reys Aktyuba viloyatiga jo`nab ketdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lganlarning jasadi bugun O`zbekistonga keltiriladi.
Eslatib o`tamiz, 20 iyun kuni Aktyuba viloyati Aytekebiy tumani Karabutak posyolkasidan 20 kilometr uzoqlikda Samara-Chimkent trassasining 946-kilometrida soat 10.20 da yo`l-transport hodisasi yuz berdi. “Mersedes” rusumli ikki qavatli yo`lovchilar avtobusi ag`darilib tushdi.
Mazkur hodisa oqibatida 9 kishi halok bo`lgan va 18 kishi (17 ta O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va 1 ta Qozog`iston Respublikasi fuqarosi) turli darajadagi tan jarohati olgan.