AsosiyJAMIYAT

Buxoroda ketma-ket zilzilalar: bugun yana 4 magnitudali yer qimirladi

Buxoroda bugun yana yer qimirlashi soat 10:44 da qayd etilgan.

'Buxoroda ketma-ket zilzilalar: bugun yana 4 magnitudali yer qimirladi'ning rasmi

Bugun, 22 may kuni Buxoro hududida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, yer qimirlashi soat 10:44 da qayd etilgan. Zilzilaning magnitudasi 4, chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil etgan. Epitsentr Toshkentdan 526 km janubiy-g‘arbida, Buxoro viloyatining Jondor tumani hududida joylashgan.

Zilzila kuchi quyidagi hududlarda sezilgan:

— Gazli shahrida 2-3 ball;

 — Peshku tumanida 2 ball;

— Qoraqo‘l tumanida 2 ball;

 — Jondor tumanida 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, kecha — 21 may kuni ham Buxoro viloyatida 3,8 va 3,4 magnitudali zilzilalar kuzatilgan edi.

Shuningdek, bugunning o‘zida viloyatda yana 4 va 3,8 magnitudali yer qimirlashlari qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar