AsosiyJinoyat
7267

Uch ayolning firibgarligi oshkor etildi

'Uch ayolning firibgarligi oshkor etildi'ning rasmi

Yunosobod tumanida Toshkent shahar IIBB tomonidan uch ayolning firibgarligi oshkor etildi.

2017 yilning 10 iyun kuni, Yunusobod tumani hududida, Muminova Sitora Xakimjanovna, Dadajonova Muattar Gulomalievna va Shomirova Zarifa Rastamovnalar, fuqaro Ismatova Shoxsanam Umarovnaning ishonchiga kirgan holda, unga o`zlarini go`yoki Yunusobod tuman dezinfeksiya stansiyasi xodimlari ekanliklari haqida yolg`on ma`lumot berib, uning xonadonida dezinfeksiya o`tkazish lozimligi baxonasi bilan unga “Bio-xloaktiv” dori vositasini 160.000 so`mga sotishgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi «b» bandi (firibgarlik, ya`ni bir guruh shaxslar tomonidan o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismi xar qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar