2017 yilning 23 iyun kuni taxminan soat 20:10larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Raxmanberdieva Maftuna Atamuradovna, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 250.000 so`m pul evaziga fuqaro «A» va «G» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIB.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, anketa ma`lumotlarining o`xshashlik holati tasodifiy harakterga ega.