AsosiyJamiyat

​Buxorolik qutqaruvchilar daryoga cho`kib ketgan qizning hayotini saqlab qolishdi

'​Buxorolik qutqaruvchilar daryoga cho`kib ketgan qizning hayotini saqlab qolishdi'ning rasmi

Cho`milish mavsumi boshlanganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va o`zini-o`zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda respublikamizning barcha suv havzalarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish bo`yicha kompleks profilaktik chora-tadbirlar o`tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri 2017 yilning 29 iyun kuni Buxoro viloyati Jondor tumanining Zarafshon daryosi bo`yida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi komandiri mayor G`. Safaev boshchiligida tashkil qilinib, mahalliy aholiga ta`qiqlangan hududlarda cho`milishning salbiy oqibatlari bo`yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda edi.

Profilaktik tadbir o`tkazish vaqtida noma`lum shaxs G`.Safaevga Zarafshon daryosining ular turgan joyga yaqin hududida noma`lum bir qiz o`zini suvga tashlaganligi va cho`kib ketganligini ma`lum qildi.

Qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan etib borib qidiruv-qutqaruv ishlariga kirishdilar. Tezkorlik bilan surushtiruv ishlarini olib borib guvohlardan qizning aniq suvga tushgan joyini belgilab oldilar.

O`z vaqtida ko`rilgan choralar natijasida cho`kkan qiz topildi va hayoti saqlab qolindi. Aynan, cho`kkan insonni qutqarib qolish maksimal tezkor hatti-harakatlarni talab etuvchi jarayondir. Bunday vaziyatda har qanday sustkashlik yoki harakatsizlik inson taqdirini hal etadi. Ushbu vaziyatda qizni suv ostidan topib quruqlikka olib chiqqan qutqaruvchilarning professional tayyorgarligini e`tirof etish joyiz.

Qutqaruvchilar jabrlanuvchining yurak urishi to`xtaganligini aniqlagach darhol birinchi yordam ko`rsatish tadbirlarini amalga oshirdilar. Jabrlanuvchi nafas olishni boshlagach qutqaruvchilar uni yo`lovchi mashinada tuman tibbiyot birlashmasiga olib bordilar. Yo`l davomida jabrlanuvchiga bir necha bor yordam ko`rsatildi. Tibbiyot birlashmasida malakali yordam ko`rsatilib, qiz xushiga keltirildi. Qizning ota-onasi, yaqinlari va mahalladoshlari qutqaruvchilarga o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar