AsosiyJamiyat
7205

​Toshkentda “Orlando” olishga yordam berish evaziga 10000 dollar talab qilgan shaxs qo`lga olindi

'​Toshkentda “Orlando” olishga yordam berish evaziga 10000 dollar talab qilgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

2016 yil 19 avgust kuni, Ikromov Doniyor Ilxomovich, Yunusobod tumani hududida, fuqaro Xudaybergenova Faridaning ishonchiga kirib, unga ikki oy davomida “Orlando” rusumli avtomashinasini olishda yordam berishni va`da qilib, 10.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya`ni o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.


Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismi xar qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar