AsosiyJamiyat

​DINIY EKSTREMIZM – TARAQQIYoT KUShANDASI

'​DINIY EKSTREMIZM – TARAQQIYoT KUShANDASI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi harbiy qismlardan birida “Diniy ekstremizm – taraqqiyot kushandasi” mavzusida madaniy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Unda harbiy qism xizmatchilari va ularning oila a`zolari, taniqli madaniyat va san`at arboblari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Ta`kidlanganidek, bugungi kunda terrorizm, diniy ekstremizm singari illatlar har qachongidan-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tevarak- atrofda ro`y berayotgan turli voqea-hodisalar, dunyoning turli nuqtalarida yuz berayotgan qurolli to`qnashuvlar, qo`poruvchilik harakatlari har birimizni yanada uyg`oq, sergak va ehtiyotkor bo`lishga undaydi. Ana shunday xatarli oqimlar, din niqobi ostida mislsiz qabohatga qo`l urayotgan manqurtlar orasida bizning yurtdoshlarimiz ham uchrayotgani g`oyat achinarlidir.

Azaldan mehr-oqibat, ezgulik, bag`rikenglik dini bo`lgan islomda begunoh insonlarning qonini to`kish, tinchlik va osoyishtalikka rahna solish, Vatanga xiyonat, ota-onaga osiylik eng og`ir gunohlardan sanaladi. Hadisi shariflarda “nainki qo`li, hattto tili bilan ham o`zgalarga ozor etkazmaydigan kishilar musulmonlarning eng yaxshisi ekani” marhamat qilingan. Biroq, bugun o`z qilmishlarini pokiza dinimiz bilan bog`layotgan kimsalarning vahshiyona hatti-harakatlari, shafqatsiz usullari ularning asl islomning mazmun-mohiyati, maqsad va g`oyalaridan qanchalar yiroq ekanligini ko`rsatadi.

Tadbirda so`zga chiqqan el ardog`idagi san`atkorlar – O`zbekiston Xalq artisti Muqaddas Xoliqova, O`zbekiston xizmat ko`rsatgan artistlar Hojiakbar Komilov, Shohida Ismoilova, xonanda Otabek Mutalxo`jaev va boshqalar Vatanga xizmat qilish, uning taraqqiyoti, tinchligi va osoyishtaligi uchun har bir inson mas`uliyat his etishi lozimligini ta`kidladilar.

– San`at hamisha insonlarni mehr-muhabbatga, ezgulikka, hamjihatlika undaydi, – deydi batalon komandirining o`rinbosari, mayor Salohiddin Ahmedov. – San`atga, madaniyatga oshufta qalblarda yovuzlik uchun joy qolmaydi. Bugungi tadbirimizga ham asosan elimiz ardog`idagi san`atkorlarimizni taklif etdik. Ular ijrosidagi kuy-qo`shiqlar, sahna ko`rinishlari, ibratli suhbatlar, qiziqarli savol-javoblar ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Tadbir so`ngida rejissyor Ravshan Usmonov tomonidan sahnalashtirilgan, yoshlarni turli zararli oqimlar ta`siridan himoyalashga qaratilgan “Burch” spektakli namoyish etildi.







    Boshqa yangiliklar