Prezidentning “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risidagi” farmoniga ko`ra, Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o`rnak bo`lib xizmat qilishini inobatga olib, respublikaning barcha harbiy akademik liseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi beriladi.
Yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida “Mard o`g`lon” davlat mukofoti, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, o`qish, mehnat va jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medali ta`sis etiladi.