1996 yilda boshlangan milliy avtomobil qurilishi tarixida iste`molchilar o`rtasidagi eng talabgir model nomi ma`lum bo`ldi.
25 yil ichida Nexia-2 eng mashhur model bo`ldi, ushbu davr ichida Nexia ikkinchi avlodi 1 mln 60 ming 715 dona avtomobil sotildi.
Eslatib o`tamiz, Nexia avtomobilining modernizasiyasi 2008 yilda o`tkazilgan. 1 avgustdan ekologik standartlar va xavfsizlik tizimi bo`yicha yangi talablar kiritilishi munosabati bilan Nexia 2 modelini ishlab chiqarish to`xtatilgan.
GM Uzbekistan kompaniyasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, avtomobilning eskirgan arxitekturasiga talab qilinadigan xavfsizlik tizimini o`rnatishning imkoniyati yo`qligi sababli yangi avlod Nexia 3 avtomobili yaratildi.