1

​Samarqandda katta miqdordagi kontrafakt elektr hisoblagichlar ushlab qolindi

Jamiyat 07.07.2017, 11:16
Teglar: ​Samarqand
​Samarqandda katta miqdordagi kontrafakt elektr hisoblagichlar ushlab qolindi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari xorijda ishlab chiqarilgan katta miqdordagi kontrafakt elektr iste`moli hisoblagichlarining O`zbekistonga noqonuniy yo`l bilan olib o`tilishi oldini olishdi.

Viloyada qo`shma korpxonalardan birining nomiga temir yo`l orqali yuborilgan konteynerlardan biri o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, unda yo`l-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilganidek jinsi matolari keltirilganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Lekin, jinsi matolari orasida esa yo`l-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan 2120 dona elektr hisoblagichlar yashirilganligi fosh bo`ldi. Bu ham etmaganidek, Xitoyda kontarafakt tarzda ishlab chiqarilgan ushbu qurilmalarning aksariyatiga xaridorlarni chalg`itish maqsadida “Elektron hisoblagich MChJ shaklidagi o`zbek-xitoy qo`shma korxonasi. O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan” degan yozuvlar qayd qilingan.

Har bir qadoqlangan qurilmalarga hisoblagich pasportlari va O`zbekiston Milliy sertifikasiya tizimi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlik sertifikatlari ilova qilinganiga nima deysiz?

Dastalbki surishtiurvlar davomida ma`lum bo`lishicha, mazkur kurilmalarning taxminiy qiymati 300 mln. so`mdan oshadi.

Olib borilgan tekshiruvlar va surishtiruv ishlari davomida, ushbu hisoblagichlar kontrafakt tovarlar ekanligi aniqlanib, qonuniy tarzda faoliyat yuritayotgan korxonalarga tegishli savdo belgilari ostida, ushbu ishlab chiqaruvchilarning huquq va manfaatlarini poymol qilgan holda ishlab chiqarilgan, barcha texnik pasportlar va muvofiqlik sertifikatlari qalbakilashtirilgan.

Yani bir muhim jihat shundaki, hisoblagichlar orasidagi «DDS28u» rusumlilarini ishlab chiqarish 2016 yildan boshlab to`xtatilgan. Espertlarning xulosasiga ko`ra, mazkur kontrafakt tovarlar elektr energiyasidan foydalanish davomida ko`rsatkichlarni yuqori ko`rsatib, tez ishdan chiqadi va o`rnatilgan texnik talablarga javob bermayli.

O`zbekiston Respublikasi xududiga noqonuniy olib kirilgan ushbu kontrafakt tovarlar holati yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoiy ish qo`zg`atilib, hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Barcha kontrafakt tovarlar olib qo`yilgan va bojxona omboriga joylashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste`mol qilish sohasida to`lv intizomini yanada mustahkamlash, shuuningdek, ijro ishi yuriish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 5059-sonli Farmoniga muvofiq, tabiiy gaz va elektr energiyadan foydalanish hamda etkazib berishda to`lov intizomini mustahkamlash, ushbu yo`nalishdagi ustuvor vazifa sifatida energiya resurslari iste`molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish belgilangan.

Sharhlar

Samarqandda Sobalt haydovchisi maktab o`quvchisini urib yubordi

01.05.2024, 14:46

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahar O`zbekiston ko`chasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi, yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan 8...
Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Samarqandda bir oilaning 5 a`zosi zaharlanib, ikki nafari vafot etgani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

01.02.2023, 10:49

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyati Qo`shrabot tuman "Zarmitan" MFYda yashovchi fuqaro S.N. xonadonida uyda, qo`lbola usulda tayyorlangan bodring konservasini iste`mol qilish natijasida 5 kishida ovqatdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1